Bobur shahrida Andijon davlat texnika instituti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

10.07.2025 11:57:03
Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, institut ma’muriyati, ta’lim faxriylari, professor-o‘qituvchilar, yirik ish beruvchi tashkilotlar vakillari, bakalavriat va magistratura ta’lim bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar va ularning ota-onalar qatnashdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirining o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirok etib, mamlakatimizda muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash tizimida olib borilayotgan islohotlar va yoshlarimiz uchun yaratib berilayotgan sharoit va imtiyozlar hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish borasida fikr-mulohazalarini bildirib, bitiruvchilariga keyingi hayotlarida muvaffaqiyatlar, oq yo‘l tiladi.
Shundan soʻng bitiruvchilarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.
Tadbir soʻnggida bir qator bitiruvchilar soʻz olib, oʻqish davomida taʼlim bergan ustozlariga, taʼlim jarayonida qoʻllab-quvvatlagan ota-onalariga oʻzlarining minnatdorliklarini bildirishdi.
Ta`kidlash joiz, joriy yilda Andijon davlat texnika institutini transport, energetika, qurilish va iqtisodiyot kabi 30 dan ortiq yoʻnalish boʻyicha 2116 nafar bitiruvchi tamomladi.
Bayram tadbiriga xushovoz xonandalarning sho‘x qo‘shiqlari yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.